Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya

Rossiya IIV MDH elchixonalariga murojaatnoma yubordi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich /  / Mediabankka oʻtishZdaniye MVD RF
Zdaniye MVD RF - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya IIV MDH davlatlari elchixonalariga oʻz fuqarolari orasida Rossiya qonunchiligini buzmaslik haqida tushuntirish olib borish kerakligi haqida murojaatnoma yubordi.

TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi soʻnggi vaqtlarda boʻlib oʻtgan hodisalar tufayli MDH davlatlarining diplomatik vakolatxonalariga murojaatnomalar yubordi.

Unda MDH davlatlari elchixonalariga Rossiyada vaqtincha boʻlib turgan fuqarolar orasida RF qonunchiligini buzishga yoʻl qoʻyish mumkin emasligi haqida tushintirish olib borish kerakligi aytilgan.

Shuningdek, murojaatnomada Rossiya prezidentining 18 apreldagi farmoniga qaramasdan (migrantlarga 3 oy patent puli toʻlamaslik va registratsiyani uzaytirmaslik haqida) Moskva, Yekaterinburg, Sankt-Peterburg, Murmansk va Amur viloyatlarida xorijiy fuqarolar tomonidan jamoat tartibi buzilshiga yoʻl qoʻyilgani aytilgan.

Draka - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yekaterinburgda migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Qonunbuzarliklar vaqtida korxonalar mulkiga zarar yetgan, ayrim xodimlar tan jarohati olgan. Ushbu mojarolarga aksariyat hollarda ishchi va ish beruvchi orasidagi kelishmovchiliklar sabab boʻlgan. Oʻtkazilgan tekshiruvlardan soʻng huquqni saqlash organlari tomonidan Rossiya JKning bir necha moddalariga muvofiq 39ta maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan va 8 kishi hibsga olingan.  

Shu bilan bir vaqtda IIV hududiy boʻlinmalariga jamoat xavfsizligiga tahdid solayotgan ana shunday holatlarga tezkor javob choralari koʻrish vazifasi topshirilgan.

Maʼlumot uchun, Rossiyada 2020 yilning birinchi yarmida xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar soni 2019 yilning ushbu davriga nisbatan 3,8 %ga kamaygani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0