TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Rossiya 1 avgustdan xalqaro avia qatnovlarni tiklaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin maʼlum qildi.
Moskva, Sankt-Peterburg va Rostov-don shaharlaridan xorijga parvoz qilsa boʻladi.
Bosh vazirning oʻrinbosari Tatyana Golikovaning soʻzlariga koʻra, hozircha faqat uchta davlat - Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniyaga parvozlar qayta tiklanadi.
1 avgustdan Anqara va Istanbul, 10 avgustdan Turkiyaning kurort shaharlari - Antaliya, Bodrum va Dalaman bilan parvozlar tiklanadi. Rossiyaga kelish uchun koronavirus tahlili musbat natija boʻlishi kerak.
Ayni vaqtda Rossiya yana 30 ga yaqin mamlakat bilan parvozlarni tiklash boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mart oyida Rossiya pandemiya tufayli oʻz chegaralarini yopib qoʻygandi. Parvozlarni qayta tiklash boʻyicha muzokaralar iyul oʻrtalaridan boshlab davom etmoqda.