O‘zbekiston xorijiy davlatlarga parvozlarni avgustdan oldin tiklay olmaydi - tezkor shtab

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSamolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy
Samolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilarning muntazam aviaqatnovlarini taqiqlash koronavirus bilan kasallanish ko‘payishi sababli 1-avgustgacha uzaytirildi, taqiq sanitariya-epidemiologiya meyorlariga javob beradigan yo‘lovchi charter va yuk reyslariga taalluqli emas.

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan muntazam aviareyslarni yangi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish ko‘payib ketganligi sababli avgust oyidan erta tiklay olmaydi, deb xabar beradi RIA Novosti mamlakat Vazirlar Mahkamasidagi tezkor shtabga tayanib.

Hukumat havo transportida yo‘lovchilar qatnovini ta’qiqlashni kamida 1-avgustgacha uzaytirdi, bunda sanitariya-epidemiologiya meyorlariga rioya qilgan holda yo‘lovchi charter va yuk tashish reyslari bundan mustasno.

Avvalroq, tezkor shtab 6-19 iyul kunlari yana 19 charter olib ketuvchi aviareyslarini, shu jumladan to‘qqiztasi Rossiyadan, tashkil etilishini e’lon qilgandi. Keyinchalik, mamlakat Transport vazirligi respublikada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning ko‘payishi sababli Rossiyadan to‘rtta charterni bekor qildi.

Kecha maxsus komissiya xalqaro reyslar sonining qisqarishi va xalqaro yuk tashish sohasida ishlaydigan haydovchilar uchun maxsus choralar joriy etilishini e’lon qildi. Bunday choralar respublikada epidemiologik vaziyatning yomonlashishi munosabati bilan qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0