TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. Moskva hukumati koronavirus tufayli yangi cheklovlarni joriy qilish niyati yo‘q, dedi Moskva meri Sergey Sobanin “Rossiya 24” telekanali efirida.
“Bugun vaziyat juda tinch va barqaror, buyog‘iga vaksinaning chiqishini kutamiz”, - dedi Sobanin.
Shunga qaramay, infeksiya hali to‘laligicha yo‘qolmadi va shahar aholisi ba’zi ehtiyot choralariga rioya qilishlari kerak, deya ta’kidladi mer. Bundan tashqari, chet eldan poytaxtga kelganlar PSR-testini topshirganligi haqida ma’lumotnoma taqdim etishlari yoki shaharga kirib kelganidan keyin test topshirishi kerak.
Sobanin ta’kidlashicha, shifokorlar tegishli dori paydo bo‘lishi bilanoq aholini emlashni boshlashga tayyor.
"Ammo, tabiiyki, bu bizga bog‘liq emas. Sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. <...> Ommaviy emlatishsiz mavsumiy kasalliklar kuchayishi bilan bog‘lik keyingi davrlardan omon o‘tib olishimiz qiyin bo‘ladi”, - deb tushuntirdi mer.
Merning so‘zlariga ko‘ra, Moskva deyarli butunlay faol hayotga qaytdi.
O‘tgan haftaning boshidan boshlab poytaxtda attraksionlar, madaniyat va istirohat bog‘lari, hordiq chiqaruvchi tashkilotlar faoliyati qayta tiklandi. Shuningdek, bolalar oromgohlari ochildi, tadbirkorlik faoliyatidagi cheklovlar olib tashlandi. Bundan tashqari, hukumat ko‘chada majburiy niqob va qo‘lqop taqishni bekor qildi. Yengillashtirishning navbatdagi bosqichi 1-avgustga belgilangan.
Rossiya va dunyodagi COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopcoronavirus.rf portalida keltirilgan.