Kutilmagan hujum: Shimoliy Koreya xakerlari faollashdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreyaning Lazarus xakerlik guruhi Rossiyada maqsadli hujumlarni amalga oshirishga urinmoqda. Guruh 2018-yildan beri qator hujumlarni amalga oshirdi.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Shimoliy Koreyaning Lazarus xakerlik guruhi Rossiyada maqsadli hujumlarni amalga oshirishga urinmoqda, hujum qilish usullarini takomillashtirmoqda. Bu haqda “Kasperskiy laboratoriya”si ekspertlari ma’lum qildi.

Xakeri iz Fancy Bears opublikovali tretyu chast dannix, poluchennix posle vzloma bazi VADA - Sputnik O‘zbekiston
Andijonlik xaker 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga mahkum etildi

Kompaniya mutaxassislari 2018-yil bahoridan boshlab Lazarus MATA (dasturiy ta’minot tizimining tuzilishini aniqlaydigan platforma) yordamida hujumlarni amalga oshirayotganligini aniqladi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u har qanday operatsion - Windows, Linux yoki macOS tizimda ishlaydigan qurilmani buzishi mumkin.

“Ushbu oyda Rossiyada Lazarus hujumlari Manuscrypt bekdoridan ishlatilganligi aniqlandi. Ushbu vosita boshqaruv serveri bilan ishlash va tarkibiy qismlarning ichki nomlanishida MATA bilan kesishgan nuqtalarga ega”, - deyilgan xabarda.

Polsha, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Hindistonda joylashgan tashkilotlar, shu jumladan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi, savdo kompaniyasi va internet-provayderlar  zarar ko‘rdi.

Mutaxassislar hujumlarni tahlil qilingach, Lazarus guruhi bundan keyin ham dunyo bo‘ylab maqsadli hujumlarni amalga oshirish va o‘z usullarini takomillashtirishni davom ettiradi degan xulosaga keldi.

Yangiliklar lentasi
0