O‘zbekiston yil boshidan buyon qancha oltin sotdi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishProizvodstvo zolota
Proizvodstvo zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yil boshidan qancha oltin sotgani ma’lum qilindi. Mamlakat eksportining qariyb 34 foiz ulushi oltinga to‘g‘ri keladi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. 2020-yil yanvari – iyun oylarida O‘zbekiston 2,1 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan. Ushbu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.

Dobicha zolota - Sputnik O‘zbekiston
OKMKda 3 baravar ko‘proq oltin ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Bu ko‘rsatkich umumiy eksport hajmining 33,8 foizini tashkil etadi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida eksport hajmi 6,2 mlrd. dollarni tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 18,2 foizga kam.

Olti oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarga yetgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd. dollarga kamroq.

Yangiliklar lentasi
0