TOShKENT, 6 mar – Sputnik. O‘zbekiston hukumati va Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi Qandim konidan qazib olinayotgan gazning bir qismini O‘zbekiston ichki bozoriga yetkazib berish haqida kelishib oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti “Lukoyl” rahbariyatiga asosan.
Lukoyl vitse-prezidenti Azat Shamsuarov aytishiga qaraganda, 2018-yilda O‘zbekiston tomonida respublika ichki bozoriga yetkazib bergan gaz uchun 600 mln. dollarlik qarzdorlik hosil bo‘lgan. O‘tkazilgan muzokaralar davomida ushbu qarzni tezkor qaytarishning imkoni yo‘qligi va uni 2-yil oyma-oy ravishda bo‘lib bo‘lib qaytarishga kelishib olingan.
Kelajakda ham ana shunday qarzdorlik hosil bo‘lishini hisobga olgan holda "Lukoyl" va "O‘zbekneftgaz" orasida yangi kelishuv imzolangan.
“Biz kelajakda ham yiliga 5 milliard tonnagacha bo‘lgan hajmdagi gazni O‘zbekiston ichki bozoriga eksport netbek narxidan 12,5 %li chegirma bilan yetkazib berishga kelishib oldik. O‘ylaymizki, erishilgan ushbu kelishuvlar kelajakda loyihalarimizni amalga oshirish va kiritilgan sarmoyalarni qaytarish uchun mustahkam poydevor yaratadi”, - dedi Shamsuarov.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” va “Lukoyl” orasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi kiritilgan investiitsiyalarni ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni eksport qilish evaziga qaytarib olishi kerak edi. Shuning uchun ham majmuaning 100% mahsuloti Xitoyga eksport qilinishi rejalashtirilgan edi.
2018 yilda ishga tushirilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga “Lukoyl” kompaniyasi 8 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Majmuaning yillik quvvati - 14,5 milliard metr kub gazni tashkil qiladi. Kelajakda shundan 5 mlrdgacha bo‘lgan miqdori O‘zbekiston ichki bozoriga yetkazib berilishi mumkin.