Moskvada qirg‘izistonlik ayollarni jazolashga da’vat qilindi - IIV surishtiruv boshladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDevushka vo vremya dojdya
Devushka vo vremya dojdya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV vakolatxonasida ommaviy amalga oshiriladigan noqonuniy chaqiriqlar uchun javobgarlik belgilab qo‘yilganini eslatishdi

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Rossiyadagi Qirg‘iziston IIV vakolatxonasi Moskvadagi qirg‘izistonlik ayollarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlariga da’vat qilish aks etgan maqolalar holati yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Jenshina obnimayet nogi. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonlik ayol guruh bo‘lib jinsiy zo‘rlandi: jinoyatchi Qirg‘izistonda qo‘lga olindi

Bu haqda vazirlik matbuot-xizmatiga tayangan holda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

QR IIV vakolatxonasi xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada ishlab turgan bir guruh yosh yigitlarning videomurojaati tarqalmoqda. Ular chet elliklar bilan uchrashayotgan qirg‘izistonlik ayollarni jazolashga da’vat qilmoqda.

IIV vakolatxonasi aybdorlar Rossiya qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida eslatgan va ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlanganligini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, kelajakda bu singari chiqishlar tarqalishining oldini olish maqsadida qirg‘iz diasporasi bilan uchrashuv rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0