Qozog‘istonlik ayol guruh bo‘lib jinsiy zo‘rlandi: jinoyatchi Qirg‘izistonda qo‘lga olindi

CC0 / pixabay / Jenshina obnimayet nogi. Illyustrativnoe foto
Jenshina obnimayet nogi. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda qo‘shni respublika hududida ayolni guruh bo‘lib jinsiy zo‘rlagan shaxs qo‘lga olindi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Qirg‘iziston jazoni ijro etish xizmati o‘z vatanida o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan Qozog‘iston fuqarosini ekstraditsiya qildi.  

Ayollarni 19-martalab erga berishmoqda: Suriyada 6-yil yashagan qozog‘istonlik ayol hikoyasi

“Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan Shokan Abilkasimovni berish haqida Qozog‘iston bosh prokuraturasining so‘rovini qanoatlantirdi”, - deyilgan xabarda.

Qozog‘iston fuqarosi Shokan Abilkasimov Nur-Sultonda istiqomat qiluvchi ayolni guruh bo‘lib zo‘rlash jinoyatini sodir etishda gumonlanuvchi tariqasida xalqaro qidiruvga berilgandi.

2019 yilda qirg‘izistonlik huquq tartibot organ xodimlari Chuy viloyatining Alamudun qishlog‘ida gumonlanuvchini qo‘lga olishgandi.

Qozog‘iston fuqarosini ekstraditsiya qilish Qirg‘iziston jazoni ijro etish xizmati tomonidan amalga oshirildi.

6 may kuni Abilkasimov vataniga qaytarilib, mamlakatning vakolatli organlariga topshirildi.

Nur-Sultonda ayolni guruh bo‘lib zo‘rlash holati

2017 yil yoz mavsmida Qozog‘iston poytaxtida jinoyat sodir etildi. Jabrlangan ayol jinoyatchilardan qochishga uringan va uy oynasidan sakragan, buning oqibatida jiddiy jarohat olgan.

Jinoyat sodir etilgandan so‘ng jinoiy guruhning ishtirokchilardan biri Murat Idrisov deyarli darhol qo‘lga olingan.

2018 yilda 18-yanvarda sud tomonidan Idrisov jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilib, 10-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ikkinchi gumonlanuvchi – Shokan Abilqasimov esa qochib ketgandi.

Yangiliklar lentasi
0