Kuni kecha Samangan provinsiyasi Aybak shahrida milliy xavfsizlik boshqarmasi oldida kuchli portlash yuz berdi: kamida o‘n kishi vafot etdi, 50 dan ortiq kishi yaralandi. “Tolibon”* radikal harakati jangarilari terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Samangandagi portlashdan oldin jangarilar Qunduz va Badaxshondagi NO‘Plariga hujum amalga oshirishdi. Undan avval “Tolibon” Nangarhar viloyatida afg‘on xavfsizlik kuchlariga hujum qildi.
Afg‘onistondagi keskinlashuv G‘arb OAVlarida go‘yoki Rossiya va “Tolibon” kelishuvi asosida uyushtirilgan fitna to‘g‘risida chiqqan qator maqolalarga to‘g‘ri keldi. Moskvada bu ma’lumot rad etildi.
Bu haqda batafsil videomiz orqali bilib olishingiz mumkin.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti