“Volkswagen Caddy” tez yordam mashinalari poytaxt tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi

© Press-slujba AO "Uzavtosanoat"AO «Uzavtosanoat” bili predostavleni spetsialno osnashennie avtomobili skoroy meditsinskoy pomoshi na baze avtomobiley Volkswagen Caddy, ISUZU D-Max i Chevrolet Damas.
AO «Uzavtosanoat” bili predostavleni spetsialno osnashennie avtomobili skoroy meditsinskoy pomoshi na baze avtomobiley Volkswagen Caddy, ISUZU D-Max i Chevrolet Damas. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiyot muassasalari “O‘zavtosanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan tez yordam avtomobillari bilan ta’minlanadi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. “O‘zavtosanoat” AJ korxonalari “Volkswagen Caddy”, “Isuzu D-Max” va “Chevrolet Damas” avtomobillari bazasida maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomobillarini taqdim etdi. 

Kompaniya xabariga ko‘ra, mashinalar murakkab paytda – butun mamlakat yuqori tayyorgarlik holatida bo‘lgan pandemiya davrida aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

“Jizzax avtomobil zavodi” Toshkent shahar tibbiyot muassasalariga “Volkswagen Caddy” bazasida tez yordam avtomobillarini yetkazib berishni boshlaydi.

“Aholiga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishga o‘zining tezkor ulushini qo‘shish uchun “Volkswagen Caddy” bazasidagi avtomobillar keyingi haftadanoq “front”ga chiqadilar”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, Samarqand avtomobil zavodidan ham “Isuzu D-Max” pikapi bazasidagi ambulanslar partiyasi yo‘lga chiqdi: 27 ta tez yordam mashinasi shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga topshirildi.

Uzbekistan poluchil reanimobili dlya perevozki zarajennix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston COVID-19 bilan kasallanganlarni tashish uchun reanimobil xarid qildi

Tez yordam xizmati maxsus sanitar avtoparkini kengaytirish va pandemiya davrida bemorlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadlarida UzAuto Motors mamlakat mintaqalariga “Chevrolet Damas” tez yordam avtomobillari partiyasini jo‘natdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq jihozlangan 250 dona tez yordam avtomobili poytaxt va mintaqalar hokimliklari buyurtmasiga ko‘ra yetkazib berildi.

Yangiliklar lentasi
0