O‘zbekiston COVID-19 bilan kasallanganlarni tashish uchun reanimobil xarid qildi

© Press-slujba Ministerstva zdravooxraneniya UzbekistanaUzbekistan poluchil reanimobili dlya perevozki zarajennix COVID-19
Uzbekistan poluchil reanimobili dlya perevozki zarajennix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Reanimobillar defibrillyator, EKG va sun’iy nafas berish apparatlari, dori-darmonlar kabi barcha kerakli vositalar bilan jihozlangan.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan 15 ta maxsus zamonaviy reanimobil olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, keltirilgan yangi maxsus reanimobillar bemorlarni tashishdagi kamchiliklarni to‘liq bartaraf qiladi.

Skoraya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi tez yordam mashinalari paydo bo‘ladi

“E’tiborli jihati, ushbu reanimobillar defibrillyator, EKG va sun’iy nafas berish apparatlari, dori-darmonlar kabi barcha kerakli vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, bemorni bir manzildan tibbiyot muassasasiga yetkazib borguncha uning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, bemorlarni tashishda tibbiyot xodimlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida reanimobillar biobokslar bilan ta’minlangan. Unda darchalar bo‘lib, ular orqali tibbiyot xodimi bemorga bemalol muolaja ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2017-2018 yillar mobaynida tez tibbiy yordam xizmati uchun 1500 ta yangi ixtisoslashgan avtomashinalar xarid qilingan. Joriy yilning yanvarida esa poytaxtning tez tibbiy yordam xizmati xorijdan keltirilgan 150 ta “Ford” rusumidagi eng zamonaviy reanimobillar ta’minlangan.

Yangiliklar lentasi
0