TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonda bir sutkada koronavirus aniqlangan 70 kishi vafot etdi. Bu haqda COVID-19 ga qarshi kurashish respublika shtabi xabar qilmoqda.
Bemorlar vafot etgan hududlar:
Bishkek — 35;
O‘sh viloyati — 9;
Jalolobod viloyati — 8;
Chuy viloyati — 7;
Talas viloyati — 4;
Botken viloyati — 4;
O‘sh — 2.
Mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon 1 003 kishi koronavirusdan vafot etgan. Qayd etilgan koronavirus holati 26 532 taga yetgan.
Qayd etish joizki, 17-iyuldan Qirg‘izistonda koronavirus va pnevmoniya statistikasi birlashtirilgan: U07.1 kodi (laboratoriyada tasdiqlangan COVID-19) va U07.2 (klinik-epidemiologik tasdiqlangan COVID-19 - kasalxonadan tashqari pnevmoniya) kodi. Shu bois mamlakat statistikada aniqlangan holatlar keskin ko‘payib, qurbonlar soni ham ortgan.