O‘zbekistonda Rossiya ma’naviy madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Rossiya i Uzbekistan rasshirayut sotrudnichestvo v kulturno-gumanitarnoy sfere
Rossiya i Uzbekistan rasshirayut sotrudnichestvo v kulturno-gumanitarnoy sfere - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, tomonlar ushbu tadbirlar 2021-yilda nishonlanadigan Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasining 150 yilligi arafasida o‘tkazilayotgani muhimligini qayd etdilar.

TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. RF madaniyat vaziri o‘rinbosari Alla Manilova O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida tomonlar O‘zbekistonda Rossiya ma’naviy madaniyati kunlarini o‘tkazishni muhokama qildilar, deyiladi RF Madaniyat vazirligi saytida e’lon qilingan xabarda.

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi

Tomonlar shuningdek, joriy yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlarni, mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilganlar.

Manilova O‘zbekistonning madaniy merosi Rossiyada va butun dunyoda yuqori baholanishini ta’kidlagan.

"Rossiya madaniyat vazirligi rahbari o‘rinbosari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan joriy yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Rossiya ma’naviy madaniyati kunlari doirasida amalga oshiriladigan qator tadbirlar rejalari bilan o‘rtoqlashdi", - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va MDH uchun Rossiya ta’limi: filial, kvota va stipensiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va MDH uchun Rossiya ta’limi: filial, kvota va stipendiya

Loyihadan yosh artistlar va xalqaro musobaqalar g‘oliblari ijrosida o‘tkaziladigan mumtoz musiqa konsertlari, rus madaniyati va ma’naviyatining eng yorqin va boy merosi namunalarini aks ettiradigan ko‘rgazmalar, Rossiya va O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy birligiga bag‘ishlangan ikkiyoqlama anjuman, davra suhbati, fotoko‘rgazma va xor jamoalari chiqishlari o‘rin olgan.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Rossiya ma’naviy madaniyati kunlari tadbirlarida ishtirok etish uchun Toshkentga ikki mamlakatning madaniy aloqalarini o‘rganishga jalb qilingan yetakchi madaniyat, ilm-fan arboblari, jamg‘armalar va tashkilotlar direktorlaridan iborat Rossiya delegatsiyasini yuborish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tadbirlarda madaniyat vazirlari va Rossiya regionlaridagi muassasalar rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Pavilon №66 na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada VDNXdagi O‘zbekiston paviloni shu yil ochilishi mumkin

Tomonlar ushbu tadbirlar 2021-yilda nishonlanadigan Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasining 150 yilligi arafasida o‘tkazilayotgani muhimligini qayd etdilar.

Manilova elchiga Rossiya Madaniyat vazirligi O‘zbekiston madaniyat kunlarini qabul qilishga tayyorligini aytib o‘tgan. Epidemiologik vaziyat barqarorlashuvi tendensiyasi davom etsa, Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari 2020-yilning kuzida RFning ikki shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar Madaniyat bo‘yicha idoralararo kichik komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida barcha mavjud loyihalarni muhokama qilish va kelgusidagi madaniy hamkorlik rejalarini belgilashga kelishib oldilar.

Botirjon Asadov Alla Manilovaga ushbu sermahsul uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yuqori darajada ekanligini ta’kidlagan va Rossiya Madaniyat vazirligiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga navbatdagi tashrifi doirasida O‘zbekiston tomoni VDNXdagi "O‘zbekiston" pavilonida o‘tkazishni rejalashtirayotgan keng ko‘lamli ko‘rgazma loyihasini amalga oshirishda ko‘mak berishni so‘rab murojaat qilgan.

Yangiliklar lentasi
0