Moskvada VDNXdagi O‘zbekiston paviloni shu yil ochilishi mumkin

© Sputnik / Nazarov OrifjonPavilon №66 na VDNX
Pavilon №66 na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda VDNX ma’muriyati O‘zbekiston tomonining konsepsiyasini tasdiqlash bo‘yicha yakuniy hujjatlar to‘plamini kutmoqda.

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. 30-iyun kuni Moskvada O‘zbekiston raisligida MDH iqtisodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir VDNX ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli u onlayn-rejimga ko‘chirildi. Majlisni Iqtisodiy Kengash raisi, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vaziri Jamshid Qo‘chkorov olib bordi.

Pavilon №66 Kultura (Uzbekskaya SSR) - Sputnik O‘zbekiston
VDNX bog‘idagi O‘zbekiston paviloni restavratsiya qilinmoqda

Kengash a’zolari COVID-19 tarqalishining salbiy oqibatlari fonida MDH mamlakatlarining iqtisodiy hamjihatligini, shuningdek, VDNX hududida MDH a’zo-davlatlarining ko‘rgazma va savdo markazlarini yaratish ishlarini muhokama qildilar.

Hozirgi kunda ko‘rgazma majmuasida Ozarbayjon, Armeniya va Belarus pavilonlari faoliyat yuritmoqda, dedi "VDNX" AJ bosh direktori o‘rinbosari Vitaliy Emmanuilov.

"Biz bu yil Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova va O‘zbekiston pavilonlarini ochilishini intiqlik bilan kutmoqdamiz", - dedi u.

Emmanuilovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston pavilonining restavratsiyasi ishlari yakunlanmoqda. Avariya holatida bo‘lgan milliy uslubdagi rotondani qayta tiklash ishlari ham yakunlandi. Uning ochilishiga atigi bir qadam - pavilonning ishlashi uchun konsepsiyani tayyorlash qoldi.

"Biz respublikalar taklif qilayotgan barcha konsepsiyalarni kelishapmiz, bunda ham savdo, ham ko‘rgazma faoliyati nuqtayi nazarlarini hisobga inobatga olyapmiz, deydi "VDNX" AJ bosh direktori o‘rinbosari Sputnik uchun sharhida. – Bir binoning o‘zida ham milliy oshxona, ham ekspozitsiyalar va savdoni mujassamlashtirish juda qiyin. Shuningdek, bu yerda konferensiyalar o‘tkazilishi va mobil tadbirlar uchun erkin hududlar kerakligini ham hisobga olishimiz kerak".

Pavilon №66 Kultura (Uzbekskaya SSR), postroyenniy v 1954 godu, na territorii VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi VDNX pavilonlaridan biri O‘zbekistonga muddatsiz foydalanish uchun beriladi

Ayni paytda VDNX ma’muriyati O‘zbekiston tomonidan konsepsiyani tasdiqlash bo‘yicha yakuniy hujjatlar to‘plamini kutmoqda.

Emmanuilovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston pavilonining ochilishi respublika va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

“Har bir pavilon o‘z mamlakatining sayyohlik va iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaydi, - dedi u. - 2019-yilda VDNXga 32 milliondan ortiq odam tashrif buyurdi. Pavilon hududida doimiy ko‘rgazmalar, milliy taomlar restoranlari, suvenirlar savdosi va diasporalar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston SSR paviloni 1954-yilda qurilgan. Pavilonning ijarasi, VDNXda o‘z vakolatxonasini tiklashga qaror qilgan sobiq Sovet respublikalari kabi bir hil sharoitda va yiliga bir rublga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0