O‘zbekiston farmmahsulotlar eksportiga vaqtincha cheklov qo‘ydi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishKapsuli i tabletki
Kapsuli i tabletki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish uchun ruxsat berish tartibi keyinroq e’lon qilinadi", - deb qo‘shimcha qilingan xabarda

TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistondan eksport qilish, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ularni olib chiqish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Maxsus komissiya axboroti e’lon qilindi.

Proizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kerakli dorilarning faqat 21 %i ishlab chiqariladi

Shu bilan birga, ayrim turdagi farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish faqat maxsus komissiya qarorlari asosida amalga oshiriladi.

"Farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish uchun ruxsat berish tartibi keyinroq e’lon qilinadi", - deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston o‘ziga kerakli bo‘lgan dorilarning 21%ini ishlab chiqarishi, qolgan 79 % - import qilinishi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0