O‘zbekistonda kerakli dorilarning faqat 21 %i ishlab chiqariladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishProizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike
Proizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida 202 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda sohada 93ta investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. O‘zbekiston o‘ziga kerakli bo‘lgan dorilarning 21%ini ishlab chiqaradi, qolgan 79 % - import qilinadi. Bu haqida kecha prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.

Farmatsevtika korxonalarining aksariyati oddiy formulali dori-darmonlarni ishlab chiqarish bilan cheklanmoqda. Shu bois import qilinadigan mahsulotlar ulushi 79 %ni tashkil etadi. Bu hali foydalanilmayotgan ulkan salohiyat mavjudligidan dalolat beradi, - deyilgan xabarda.  

Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika sohasining ilmiy rivojlanishini ta’minlash, kadrlar salohiyatini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, yangi korxonalar tashkil etishni va qo‘shimcha erkin iqtisodiy zonalar va ilg‘or rivojlanish hududlarini yaratishni, korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani chuqurlashtirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va uning raqobatdoshligini oshirish vazifasini qo‘ydi.

Ayni paytda farmatsevtika sanoatida umumiy qiymati 630 million dollar bo‘lgan 93 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda, shundan 355 million dollari xorijiy investitsiyalardir. Ushbu loyihalarni amalga oshirish 5,5 ming ish o‘rni yaratilishini ta’minlaydi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida 202 ta korxona faoliyat yuritmoqda. 2019-yil yakunida bu tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 170 million dollarni, eksport 22,1 million dollarni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0