Ozarbayjon Armaniston AESiga raketa zarbasi berish bilan po‘pisa qildi

© Foto: Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishRovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske, arxivnoe foto
Rovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon va Armaniston bir-birlarining strategik xavfli obyektlariga zarba berish bilan po‘pisa qilishdi.

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston AESiga raketalar bilan javob zarbasi berishi mumkin. RIA Novosti xabariga asosan.

"Boku eng zamonaviy raketa tizimlariga ega ekanini va ular Metsamor AESiga zarba berishi mumkinligini va bu "Armaniston uchun ulkan falokatga aylanishi mumkin", - deyilgan xabarda.

Ozarbayjonning ushbu bayonoti biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, Armaniston Ozarbayjonning suv omborini portlatib yuborishi mumkinligi haqida xabarlarga javoban e’lon qilindi.

Shu bilan bir vaqtda, Ozarbayjon tomon Mingechevir suv omboriga berilishi mumkin bo‘lgan zarbalar haqida quyidagilarni ma’lum qildi.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
TIV Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyatdan jiddiy tashvishda ekanligini bildirdi

"Mingechevir suv ombori joylashgan joyning relyefi, bu yerda olib borilgan mustahkamlash ishlari hamda bu yerda joylashtirilgan havo mudofaa kuchlari ushbu strategik obyektga zarba berish imkoniyatini yo‘q qiladi", dedi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot kotibi polkovnik Vagif Dargaxli.

Armaniston TIVi, o‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligining ushbu bayonotidan so‘ng qo‘shni respublikani "xalqaro huquq normalarining qo‘pol buzish", "davlat miqyosidagi terrorchilik" va "butun hudud davlatlariga xavf solishda"da aybladi.

Eslatib o‘tamiz, Arman-Ozarbayjon chegarasida vaziyat yakshanba kuni keskinlashgan edi. To‘rt kundan beri davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida Ozarbayjon tomonidan 11 askar va 1 general Armaniston tomonidan 2 askar qurbon bo‘lgani xabar qilingan.

Yangiliklar lentasi
0