MDH xalqaro IT-xavfsizlik sohasida hujjat tayyorlamoqda

© Sputnik / Dmitriy AstaxovFlagi stran SNG
Flagi stran SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjat joriy yil oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashining majlisida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari Xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot tayyorlashmoqda. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston MDHga raisligi doirasida 15-iyul kuni MDHga a’zo davlatlar ekspertlari videokonferensaloqa shaklida Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlarining Xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti loyihasini muhokama qilgan.

Tadbirda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Moldova (kuzatuvchi sifatida), Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari vakillari ishtirok etgan.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
MDH, ShHT va KXShT orasida uch tomonlama hamkorlikning asosi yaratilmoqda

“Muhokama qilinayotgan hujjat jahon hamjamiyati e’tiborini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, jumladan, ularni xalqaro tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash vazifalari bilan bog‘liq maqsadlarda ishlatishning zaruratiga e’tibor berishga undaydi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, hujjat loyihasi yuzasidan tomonlarning e’tiroz va takliflari muhokama qilindi va matnning asosiy bandlari kelishilgan. Loyihani muhokama qilishni 21-avgust kuni videokonferensiya shaklida davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Loyiha ma’qullangandan so‘ng hujjat joriy yil oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashining majlisida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda

Yangiliklar lentasi
0