Belarus nima sababdan "Birinchi kanal" akkreditatsiyasini bekor qildi?

Obuna bo‘lish
Belarus TIVi Rossiyaning "Birinchi kanali"nining ikki nafar jurnalistini akkreditatsiyadan mahrum qildi.

TOShKENT, 7-may - Sputnik. Belarus Rossiyaning "Birinchi kanali"ning akkreditatsiyasini bekor qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. 

Belorussiya TIV Rossiyaning Minskdagi elchixonasini "Birinchi kanal"ning ikki nafar jurnalistlarini akkreditatsiyadan mahrum qilingani haqida rasman xabar bergan. 

Biroz oldin Rossiya telekanali Belarusda COVID-19ga bag‘ishlangan sujet suratga olgan edi. Unda Belarus respublikasida koronavirusga chalinganlar aslida juda ko‘p ekanini va haqiqiy statistika ochiqlanmayotganini va qariyalar juda ko‘p vafot etayotgani aytib o‘tilgan edi.  

Eslatib o‘tamiz, Belarusda koronavirus epidemiyasi tufayli karantin yoki boshqa cheklovlar joriy etilmagan, sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadubirlar bekor qilinmagan. Bugungi kun holatiga Belorusda 19 mingdan ortiq kishi COVID-19 infeksiyasi yuqtirgan. Vafot etganlar soni 112 kishinia tashkil qilgan.   

 

Yangiliklar lentasi
0