TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida yana 206 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi.
“2020 yil 16-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14787 (+206) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Yangi kasallanganlarning 53 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 101 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 35 nafari Surxondaryo viloyatida, 17 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu paytga qadar 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 72 kishi virus qurboniga aylangan.
Hozirda mamlakatda 6060 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 60 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.