O‘zbekistonda koronavirus: 15-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishKliniko-diagnosticheskaya laboratoriya
Kliniko-diagnosticheskaya laboratoriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 473 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14 466 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Karantin v Uzbekistane: pustie dorogi i zakritie vokzali - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda karantin: bo‘m-bo‘sh ko‘chalar va yopilgan vokzallar

Bir sutka davomida 473 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14 466 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 56 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida; 60 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi hamda tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida; 21 nafari Namangan viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida); 19 nafari Andijon viloyatida; 12 nafari Qashqadaryo viloyati; 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 269 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 8 343 nafarga yetdi.

Ayni paytda 6 054 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 52 nafar bemor og‘ir ahvolda, 6 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda.

Gorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy COVID-19 qarshi kurash choralarini muhokama qiladi

O‘lim holatlari

Toshkentlik 66 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Chilonzor tumanida yashovchi 66 yoshli I.I.da (erkak) 5-iyulida hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.

Ammo ahvoli og‘irlashavergach, 8-iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygani sababli reanimatsiya bo‘limiga  yotkizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas hamda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kechgan.

O‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir holat: pskentlik 37 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Pskent tumanida yashovchi, 37 yoshli M.M.da (erkak) joriy yil 3-iyulda hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.

Ammo ahvoli og‘irlashavergach, 9-iyulda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Polevie sveti. - Sputnik O‘zbekiston
Buxorolik farmatsevt dorivor o‘simliklarni o‘zi yetishtirmoqda

12 iyul kuni esa bemorda o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi belgilari boshlangan va sun’iy nafas olish  apparatiga ulangan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan kechgan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

O‘zbekistonda jami 69 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Xitoy – Markaziy Osiyo

Xitoy va Markaziy Osiyo TIV rahbarlari 16-iyul kuni videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Unda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi munosabatlarni mustahkamlashning dolzarb masalalarini hamda iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish mexanizmlarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Vatandoshlarni olib kelish

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini poyezdlar orqali ham olib kelishni boshlash kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 14-iyuldagi videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Teplichniy kompleks v Volgogradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya O‘zbekiston biznesiga qanday ta’sir qildi - BMT izlanishi

“Rossiyadagi fuqarolarimiz bilan ham muloqotda bo‘lib, birinchi marta temir yo‘l bilan iloji boricha tezroq vatanimizga olib kelish choralarini ko‘rapmiz", – dedi prezident.

Shuningdek, prezident barcha hokim va 4ta sektor rahbarlariga o‘zlariga tegishli bo‘lgan hududlarda dori-darmon va oziq ovqatlar zahiralarini tayyorlashni buyurdi.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 13,3 milliondan oshdi, 578 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (3,4 mln), Braziliyada (1,9 mln), Hindistonda (907 ming).

Yangiliklar lentasi
0