Shu kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygani sababli hududlar o‘rtasida transport vositalari harakati cheklandi, jamoat transporti to‘xtatildi.
Kiyim-kechak bozorlari, sport zallari, fitness-klublari va basseynlar yopilgan. Bog‘chalar, umumiy ovqatlanish joylari (yetkazib berish xizmatlaridan tashqari), sanatoriy, pansionat va oromgohlar yana ishlamayapti.
Toshkent ko‘chalari sezilarli darajada bo‘shab qoldi, NO‘Plarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi, haydovchilarning hujjatlar tekshirilib, tana harorati o‘lchanmoqda.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri shahardagi vaziyatni kuzatib, Milliy gvardiya va YHXX xodimlari bilan suhbatlashdi.
Agar aholi orasida kasallanganlar va vafot etganlar soni o‘sishi dinamikasi kuzatilsa, 1-avgustdan keyin karantin choralari uzaytirilishi mumkin.