Maktab direktorlarining oshirilgan maoshi o‘quvchilarning OTMga kirishiga bog‘liq bo‘ladi

© Sputnik / Evgeny Epanchintsev / Mediabankka o‘tishKontrolnaya rabota v shkole
Kontrolnaya rabota v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti raisligidagi yig‘ilishda maktab bitiruvchilarini o‘qish va ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yarim yildan buyon butun dunyo kuchaytirilgan karantin sharoitida yashamoqda. Bu murakkab davrda hamma davlatlarda eng asosiy muammo aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, daromad bilan ta’minlash bo‘lib qolmoqda.

Uchitelnitsa sredney shkoli. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchilar qog‘ozbozlik ishlaridan ozod qilindi

O‘zbekistonda ishsizlarning 732 ming nafari yoshlar, 834 ming nafari xotin-qizlardir.

Avvalo, maktab bitiruvchilarini o‘qish va ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Joriy yilda umumta’lim maktablarini 452 ming o‘g‘il-qiz tamomladi. Ularning 70 mingi oliy ta’lim, 85 mingi professional ta’limga kiradi. 95 mingdan ziyodi ishga joylashgan taqdirda ham, yana 200 mingga yaqin yoshlarning bandligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Maktabdanoq kasbga o‘qitish tizimi joriy etilishi belgilandi.

“Navbatdagi o‘quv yilidan boshlab maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning oliy ta’limga kirishi, kasb egallab, o‘z ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi to‘lanadi”, - deyilgan xabarda.

Buning uchun 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning kasblar kesimida qiziqishi aniqlanadi. 8-9-sinf o‘quvchilari dasturchi, dizayner, tarjimon kabi istiqbolli kasblar uchun poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni egallaydi. 10-sinfdan robototexnika, dasturlash kabi talab yuqori kasblarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

Joriy yil oxirigacha mahallalarda 136 ta kasb-hunar o‘qitish maskani, qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslarini tashkil etib, 31 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlarini jihozlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Bu maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga 200 milliard so‘m ajratish, o‘quv kurslarini, avvalo, kambag‘allik eng yuqori bo‘lgan mahallalarda tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0