TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni bittagacha - sinf jurnali (jumladan, elektron ravishda
Xabar qilinishicha, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga o‘zgartirish kiritilgan. (Adliya vazirligidan 2020-yil 29-iyunda 3058-I raqam bilan ruyxatdan o‘tkazildi).
Bu o‘qituvchilarga asosiy e’tiborini dars mashg‘ulotlarini yanada qiziqarli qilib o‘tishga qaratishi uchun sharoit yaratadi.
Barcha maktablarda fanlar bo‘yicha taqvim mavzuyiy rejalarini bir xillashtirish maqsadida, endilikda taqvim mavzuyiy rejalar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlanadi va o‘quv yili oldidan vazirlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
“Milliy o‘quv dasturi”ning asosiy komponentlari doirasida barcha fanlardan “O‘qituvchi kitobi”ni joriy etilishi maktab o‘qituvchilarining dars ishlanmasi (konspekt)ning o‘rnini to‘ldiradi.
Shuningdek, bosqichma-bosqich o‘qituvchilar va maktab jamoasi faoliyati xujjatlarni to‘ldirishiga qarab emas, balki maktab bitiruvchilarining hayotda muvaffaqiyatga erishishlari bilan baholanishga o‘tiladi.