TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli maktablarda birinchi chorakda masofaviy ta’lim davom ettirilishi lozim, deya hisoblaydi.
"Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, har yili ORVI va gripp bilan bemorlanganlarning 70%ini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi. Ta’lim maskanlari o‘quvchilari orasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq noqulay epidemiologik holat va ORVI kasalligi bilan bemorlanish darajasi mavsumiy oshishini hisobga olgan holda, o‘rta ta’lim maktablarida barcha sinflar uchun birinchi chorakda masofaviy ta’limni ko‘rib chiqishni taklif etamiz, bolalar soni kam bo‘lgan maktablar bunday mustasno", - degan Soy hukumat majlisida.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 71,7 mingdan oshdi. Sog‘aygan bemorlar soni 35,9 mingdan oshdi. 396 kishi koronavirus qurboniga aylandi.