TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Sakkizta davlat rossiyalik turistlarni ma’lum shartlar asosida qabul qilishga tayyorligini e’lon qildilar, deb xabar qildi Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) ijrochi direktori Mayya Lomidze.
"Bu Turkiya, Kuba, Dominikana, Meksika, Maldiv orollari, Xorvatiya, Misr va Arab Amirliklari. Bu davlatlar shubhasiz turistik yo‘nalishda bo‘lib, ularga Rossiya bozorida talab kuchli", — dedi u.
Shu bilan birga, Lomidzening ta’kidlashicha, barcha joyda ma’lum cheklovlar mavjud. Aksariyat hollarda gap chegarani kesib o‘tayotganlar COVID-19 yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma bo‘lishi haqida bormoqda.
U, shuningdek, tez orada rossiyaliklar uchun chegaralarini ochishga tayyor bo‘lgan davlatlar ro‘yxati to‘ldirilishini qo‘shimcha qildi.
"O‘n oltinchi iyul kuni Abxaziya ochilish-ochilmasligi, ikki kun ichida esa Italiya davlatlarning yangilangan ro‘yxatini tayyorlashga va’da bergan edi. Iyul oyi oxiriga kelib Ispaniya bo‘yicha ma’lumot kutilyapti", - dedi ATOR ijrochi direktori.
Sal oldin Rosaviatsiya xalqaro aviatashuvlarni bosqichma-bosqich tiklash sxemasini ishlab chiqqan edi. Unga ko‘ra, parvozlar birinchi navbatda epidemiologik sharoiti ijobiy bo‘lgan davlatlarga tiklanishi mumkin.