Rossiyada 15-iyuldan xorijdan kelayotganlar uchun 14 kunlik yakkalanish bekor qilinadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota aeroporta Vnukovo
Rabota aeroporta Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda xorijiy fuqarolar Rossiya chegarasini kesib o‘tishda koronavirusga manfiy tahlil topshirganlari haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari kerak. Agar bo‘lmasa, Rossiya hududida 3 kun ichida koronavirusga tahlil topshirish shart bo‘ladi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. 15-iyuldan Rossiyaga keluvchi fuqarolar uchun ikki haftalik majburiy yakkalanish (izolyatsiya) bekor qilinadi. Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova tegishli qarorga imzo chekdi.

Passajiri na platforme Kurskogo vokzala v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada 13-iyuldan niqob rejimi bekor qilinmoqda

Endilikda xorijiy fuqarolar koronavirusga manfiy tahlil topshirganlari haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari kerak. Unda fuqaro Rossiyaga kelishidan ko‘pi bilan uch kun oldin polimer zanjir reaksiyasi (PSR) usuli bilan olingan tahlili manfiy chiqqani tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Agar xorijiy fuqaroda koronavirusga tahlili manfiy chiqqanini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, unda u Rossiya hududida 3 kun ichida koronavirusga tahlil topshirishi shart bo‘ladi. Tahlil uchun to‘lov Rossiya qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi.

Mamlakatga qaytayotgan Rossiya fuqarolari uchun ham xuddi shunday tartib ko‘zda tutilgan. Ma’lumotnoma rus yoki ingliz tilida bo‘lishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0