Migrantlar Amur viloyatidagi qurilishda tartibsizliklar uyushtirishdi

CC0 / pxhere.com / Stroitelnie kaski
Stroitelnie kaski - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ish haqi to‘lanmasligi yuzasidan kelib chiqqan mojaroda 300 ga yaqin O‘rta Osiyolik mehnat migrantlari ishtirok etishgan.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. O‘rta Osiyolik ishchilar ish beruvchi bilan moliyaviy kelishmovchiliklar tufayli Rossiyadagi gazni qayta ishlash zavodida tartibsizliklar uyushtirdi, deb xabar beradi Rossiya Tergov Qo‘mitasi Amur viloyati Tergov boshqarmasi.

“13 iyul kuni Amur viloyatining Svobodnenskiy tumanida joylashgan Amur gazni qayta ishlash majmuasi qurilish maydonida migrantlar - pudratchi tashkilot ishchilari va uning rahbariyati o‘rtasida mehnat faoliyati uchun patentni to‘lash xarajatlarini qoplash tartibi masalasida kelishmovchiliklar tufayli keyinchalik tartibsizliklarga aylangan mojaro kelib chiqdi”, - deyiladi xabarda.

Voqea joyiga Alohida muhim ishlar tergovi bo‘limi tergovchilari va tergov boshqarmasining tergovchi-kriminalistlari yuborildi. Hozirda vaziyat ichki ishlar idoralari nazorati ostida, qurilish maydonchasi o‘rab olingan.

Stroitelstvo Amurskogo gazopererabativayushego zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Elchixona Amur viloyatida yuz bergan hodisani nazorat ostiga oldi

“Amur gazni qayta ishlash zavodi obyektlarini qurishda ishtirok etgan pudratchi tashkilot ishchilariga ish haqi to‘lanmaganligi holatlari bo‘yicha dastlabki tergov tekshiruvi tashkil qilindi. Tekshiruv mobaynida buxgalteriya hujjatlari qarzdorlik mavjudligi holati bo‘yicha tekshirilib, protsessual qaror qabul qilinadi”, - deya qo‘shimcha qildi Tergov boshqarmasi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, pudratchining 300 ga yaqin xodimlari mojaro ishtirokchilari bo‘lan. Ushbu holat bo‘yicha RF Tergov qo‘mitasining Amur viloyatidagi tergov idoralari Jinoyat kodeksining 212-moddasi 2-qismida (tartibsizliklarda ishtirok etish) ko‘rsatilgan jinoyatlar alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi.

Ushbu vaziyat O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan nazorat ostiga olingan. Bosh konsuli vaziyatni o‘rganish maqsadida voqea joyiga yetib borgan.  

Yangiliklar lentasi
0