Elchixona Amur viloyatida yuz bergan hodisani nazorat ostiga oldi

© Press-slujba PAO "Gazprom"Stroitelstvo Amurskogo gazopererabativayushego zavoda
Stroitelstvo Amurskogo gazopererabativayushego zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyadagi O‘zbekiston bosh konsuli bo‘lib o‘tgan hodisa tafsilotlarini aniqlash hamda O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida voqea joyiga yetib bordi.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Rossiyaning Amur viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan hodisani O‘zbekiston elchixonasi nazoratga oldi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.  

"Mazkur masala bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlari bilan muntazam muloqot olib borilmoqda. Bo‘lib o‘tgan hodisa tafsilotlarini aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida voqea joyiga Elchixona Bosh konsuli yetib borgan", - deyilgan xabarda.

Mojaroni keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlarni o‘rganish, muammoning barcha tomonlar uchun maqbul bo‘lgan yechimini topish bo‘yicha ish jarayoni va natijalari haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning 13-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Amur viloyati Svobodniy tumanidagi "Renaissance Heavy Industries" kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida ommaviy tartibsizliklar yuz bergan edi.

OAVxabarlarida aytilishiga ko‘ra, ish haqi to‘lanmaganligi tufayli kelib chiqqan mojaro oqibatida 300ga yaqin ishchilar korxonaga tegishli bo‘lgan bir necha avtomobillarni ag‘darib tashlagan. 

 

Yangiliklar lentasi
0