TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Armaniston-Ozarbayjon chegarasida harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga va vaziyatni barqarorlashtirishga chaqirmoqda. Bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dujarrik ma’lum qildi
“Bosh kotib harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi hamda barcha ishtirok etuvchi tomonlardan vaziyatni yumshatishga oid choralar ko‘rishni iltimos qiladi”, - deyiladi Dujarrik bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bosh kotib, shuningdek, ularni fitnali savollardan o‘zini tiyib turishga chaqirgan.
Dujarrikning ta’kidlashicha, bosh kotib Armaniston-Ozarbayjon chegarasida otishmalar, shu jumladan, og‘ir quroldan foydalanganlik haqida xabarlardan qattiq xavotirda.
Shuningdek, u, Guterrish bugun YeXHT Minsk guruhining hamraislari tomonidan berilgan bayonotni e’tiborga olganini ta’kidladi. Dujarrikning so‘zlariga ko‘ra, BMT bosh kotibi hamraislarning ushbu xavfli vaziyatni hal qilish va uzoq vaqtdan beri davom etayotgan Tog‘li Qorabog‘ mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yakshanba kuni Ozarbayjon va Armaniston chegarasida –Gruziya va mos ravishda Tavush viloyati bilan chegaradosh Tovuz tumanida - tan olinmagan, vaziyati tinch turgan Tog‘li Qorabog‘dan bir necha yuz kilometr narida harbiy to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Otishma joyida Movses qishlog‘i yaqinida harbiy postlar joylashgan.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi o‘z pozitsiyalarini Armaniston harbiylari tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon harbiylari artilleriya yordamida arman tayanch punktini egallab olishga harakat qilganliklarini ma’lum qildi. Boku ma’lumotiga ko‘ra, to‘rt nafar ozarbayjon askari halok bo‘lgan. Arman tomonining ta’kidlashicha, ikki politsiyachi va uch harbiy yaralangan va bir necha harbiy halok bo‘lgan. Otishma dushanba kuni davom etdi, xususan, Yerevan, Boku Armaniston hududini 15-20 minut oraliq bilan o‘qqa tutayotganini ma’lum qildi. Ozarbayjon va Armaniston o‘qqa tutish aybini bir-birlariga ag‘darmoqda. Rossiya TIV Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatdan xavotirdaligini va vaziyatni barqarorlashtirishda tomonlarga yordam berishga tayyorligini bildirdi.