TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida 281 kishida koronavirus tasdiqlandi.
“2020 yil 14-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13872 (+281) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Yangi kasallanganlarning 201 nafari Toshkent shahrida (shundan 50 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 151 nafari aholi orasida), 21 nafari Qashqadaryo viloyatida, 20 nafari Samarqand viloyatida, 15 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 15 nafar Namangan viloyatida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafar Jizzax viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Hozirga qadar 8030 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 5778 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 53 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Qurbonlar soni 64 nafarga yetgan.