Uyda davolanayotgan bemorlar uchun maxsus mobil guruhlarning vazifalari belgilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular uyda kuzatuvga qoldirilgan bemorlar ro‘yxatini tuman/shahar, viloyat SSB rahbarlariga tibbiy kuzatuv va davolash uchun, Ichki ishlar, Milliy gvardiyaning hududiy bo‘limlariga karantinni tashkil etish uchun taqdim etadi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda COVID-19 ning alomatsiz shakli bilan tibbiy kuzatuv va davolashga olingan bemorlar uchun tuman/shahar tibbiyot birlashmalari qoshida tez tibbiy yordam mashinasi bilan mobil guruhlar tashkil etiladi.

Ularning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • TTB tomonidan taqdim etilgan PZR natijalari asosida shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan, sanitariya-epdemiologiya qoidalariga rioya qilingan holda bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, COVID-19 alomatsiz shaklini aniqlaydi.
  • COVID-19 alomatsiz turi bilan kasallanib, uyda kuzatuvga qoldirilgan bemorlar ro‘yxatini tuman/shahar, viloyat SSB rahbarlariga tibbiy kuzatuv va davolash uchun, Ichki ishlar, Milliy gvardiyaning hududiy bo‘limlariga karantinni tashkil etish uchun taqdim etadi.
  • Kasallik belgilari aniqlanganida belgilangan tartibda BTSOM bilan birgalikda zudlik bilan shifoxonaga yotqizish choralarini ko‘radi.
  • Tibbiy ko‘rik xulosalarini bemorning ambulator kartasida rasmiylashtiriladi.

SSV COVID-19 ning alomatsiz shakli bilan tibbiy kuzatuv va davolashga olingan bemorlar uchun eslatma bilan chiqqan.

Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19: Bemorlarni uy sharoitida davolash tartibi belgilandi

1. Uydan chiqmaslik;

2. Aksirganda, yo‘talganda burun va og‘izni yopish. Qo‘lni sovun bilan yuvish va antiseptik vositalar bilan zararlantirish;

3. Tibbiy niqob taqish va har 2 soatda muntazam almashtirish;

4. Xonani har 2-3 soatda tez-tez shamollatish;

5. Uydagilar bilan muloqotni cheklash;

6. Ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan so‘ng qo‘lni sovun bilan yuvish va antiseptik vositalar bilan zararlantirish;

7. Alohida idish tovoqlardan foydalanish;

8. COVID-19 belgilari aniqlanganida tez yordam xizmatiga (103), hududiy poliklinika (QVP, QOP, OP)ga yoki koll-markazga (1003) murojaat qilish.

Yangiliklar lentasi
0