Komil Allamjonov COVID-19 bilan bemorlanganini ma’lum qildi

© Stranitsa Komila Allamjonova v FacebookGlava Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy Komil Allamjonov
Glava Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Allamjonov koronavirus alomatlarini sezgan insonlarga zinhor tushkunlikka tushmaslikni maslahat bergan. Eng muhimi, tashxis to‘g‘ri qo‘yilmasdan turli dori vositalarini ichish mumkin emasligi, bu organizmga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishini eslatib o‘tgan

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov yangi turdagi koronavirus - COVID-19 bilan bemorlanganini ma’lum qildi. Allamjonov bu haqda o‘zining telegramm sahifasida e’lon qilgan videomurojaatida so‘zlagan.

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 12,2 mingdan oshdi

Uning aytishicha, bundan bir necha kunlar oldin unda harorat ko‘tarilishi va holsizlik sezilgan, badanida, mushaklarida turli og‘riqlar paydo bo‘lgan. Test topshirib ko‘rganida, unda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. Shundan so‘ng u o‘z uyida, yaqinlaridan izolyatsiyada bo‘lgan holda ushbu kasallikni boshdan kechirgan.

Allamjonovning aytishicha, u hozirda sog‘aygan va oila-a’zolari bilan muloqotga kirishgan.

Komil Allamjonov ushbu kasallik belgilarini o‘zida sezgan insonlarga zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni maslahat bergan.

"O‘z holingizcha biron bir muolajalarni qilishdan tiyiling, chunki koronavirusga (qarshi) deb ko‘plab dorilarni tavsiya qilishayapti internetda, koronavirusga (qarshi) deb turli protokollarni e’lon qilishayapti, men bu narsalarni qilmaslikka chaqirgan bo‘lardim. Chunki salomatligingizga ziyon yetkazib qo‘yishingiz mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling, muhimi tushkunlikka tushmang, chunki bu kasallikning davosi bor", - deya yakunlagan murojaatini Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11-iyul holatiga ko‘ra, 179 taga ko‘paydi va 12206 nafarni tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0