O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 12,2 mingdan oshdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 179 taga ko‘paydi va 12206 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Utilizatsiya ispolzovannix masok i kostumov v karantinnoy zone pod Tashkentom - Sputnik O‘zbekiston
Izsiz yo‘qotish uchun: O‘zbekistonda tibbiy chiqindilar qanday utilizatsiya qilinmoqda

Ta’kidlanishicha, yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.

Toshkent shahrida aholi orasida - 30 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), Navoiy viloyatida - 9 nafar (koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 7530 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, o‘tgan sutka davomida 228 mingta koronavirus bilan bemorlanish holatlarini qayd etdi. Bu pandemiya boshlangandan buyon rekord ko‘rsatkichdir.

Ayni vaqtda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni jahonda 12 milliondan ortdi.

Yangiliklar lentasi
0