Oqilov koronavirus bemorlari uchun yotoq o‘rinlari qolmadi degan gapiga aniqlik kiritdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPalati vo vremennom gospitale dlya patsiyentov s COVID-19
Palati vo vremennom gospitale dlya patsiyentov s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakilining gaplari internetda qizg‘in muhokama sabab bo‘ldi. Bugungi chiqishida Oqilov uni noto‘g‘ri tushunishganini ma’lum qildi va o‘z so‘zlari bilan nimani nazarda tutganiga oydinlik kiritdi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Kuni kecha koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili Habibulla Oqilov shifoxonalarda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun mo‘ljallangan yotoq-joylar qolmagani va shu bois kasallik alomatlarsiz kechayotgan bemorlarni uyda davolanishlariga ruxsat berilganini ma’lum qilgan edi.

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari uchun shifoxonalarda yotoq o‘rinlari qolmadi – Oqilov

Shundan keyin internetda fuqarolar tomonidan ko‘plab fikr va mulohazalar bildirilgan. Bugungi chiqishida Oqilov uni noto‘g‘ri tushunishganini ma’lum qildi va o‘z so‘zlari bilan nimani nazarda tutganiga oydinlik kiritdi.

“Haliyam men gapimdan qaytmayapman. Hamma narsa bor. Davlat rahbari, hukumat, Sog‘liqni saqlash vazirligi pandemiyaning birinchi kunidan boshlab zarur chora-tadbirlarni hammasini bajarib kelyapti. Kerakli miqdorda koykalarni tayyorlash, klinikalarni profilini o‘zgartirish, shifokorlarni o‘qitish bormi, kerakli dori-darmon va reaktivlar zaxirasini tayyorlab qo‘yish — bularning hammasi bor, bisyor. Buni hech kim inkor etmaydi”, - dedi u.

Oqilovning ta’kidlashicha, agar vaziyat shunday davom etsa, zaxiralar yetmay qolishi mumkin.

“Kecha aytmoqchi bo‘lganimiz, agar statistika shu tarzda davom etsa, ertaga bu zaxiralar yetmay qoladi.  Holbuki, 2000 koykali kasalxonalarimizning endigina 1000 ta koykasiga kasal yotqizilgan. Joylarimiz bor”, - deya oydinlik kiritdi koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 11 259 ta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangan. Bemorlarning 7 060 nafari tuzalib ketgan. Qurbonlar soni esa 49 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0