O‘zbekistonda koronavirus bemorlari uchun shifoxonalarda yotoq o‘rinlari qolmadi – Oqilov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, agar har kuni 1000 ta koronavirus kasalligi aniqlansa, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq qulashi mumkin.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda shifoxonalarda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun mo‘ljallangan yotoq-joylar qolmadi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili Habibulla Oqilov AOKAdagi brifingda ma’lum qildi.

“Sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar bugungi kunga kelib poyoniga yetdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun shifoxonalarda koyka o‘rinlari to‘lgan. Barcha shifokorlar jalb etilgan. Shu bois maxsus komissiya bilan kelishgan holda simptomsiz bemorlarni uyda davolanishlariga ruxsat berdik”, - dedi u.

Oqilov boshqa surunkali kasalligi bor bemorlarning qanchasi davolana olmagani, qanchasi vafot etayotgani haqidagi statistika yo‘qligini aytdi.

Dorojniy znak s nadpisyu Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Barcha hududlar “qizil” hududga aylantiriladi - Shohrux G‘iyosov

Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, agar har kuni 1000 ta koronavirus kasalligi aniqlansa, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq qulashi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 kunlik karantinning joriy etilishi nafaqat kasallik zanjirining uzilishiga, balki shifokorlarning ham ozgina dam olishiga sharoit yaratadi.

“Chunki shifokorlarimiz nafaqat jismoniy, balki ruhiy tomondan ham charchadilar. Ular qanday mas’uliyat bilan ishlayotganini hamma yaxshi biladi. Bularning hammasi ana shu 20 kunlik qat’iy karantin rejasidan o‘rin olgan”,  - dedi koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi.

Yangiliklar lentasi
0