Putin Rossiya migrantlar oqimiga muhtojligini aytdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley
Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga ta’lim olishga tayyor yoki muayan malaka yoxud kasbga ega bo‘lgan yoshlar kerakligini alohida ta’kidladi

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish uchun migrantlar oqimiga ehtiyoj sezadi, deb bayonot qildi prezident Vladimir Putin RF Konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatishlarlarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi a’zolari bilan uchrashuvda.

Direktor Sentra izucheniya migratsionnoy politiki Instituta gosudarstvennoy slujbi i upravleniya (IGSU) RANXiGS Viktoriya Ledenyova - Sputnik O‘zbekiston
Chegaralar ochilgandan keyin Rossiyaga migrantlar oqimi qanday o‘zgaradi - mutaxassis prognozi

"Rossiya migrantlar oqimidan manfaatdor, ammo mamlakatga zarur bo‘lgan oqimdan. <...> Rossiya yangi fuqarolar oqimiga muhtoj, chet davlatlardan odamlarni jalb qilishga ehtiyoji bor. <...> Iqtisodga to‘xtaladigan bo‘lsak, shu narsa ayonki, iqtisod rivojlanishi bilan - bizda ishchi kuchi yetishmay qoladi: bu holat tez kunda seziladi - ishchi kuchi zarur", - deb aytgan Rossiya yetakchisi.

Putin ishchi kuchi yetishmasligini mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan obyektiv sabab hamda jiddiy muammolarning biri sifatida ko‘rsatgan.

Rossiya prezidenti mamlakatga ta’lim olishga tayyor yoki muayan malaka yoxud kasbga ega yoshlar kerakligini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, prezident, jalb etilayotgan migrantlar oqimi Rossiya fuqarolari huquqlarini buzmasligi yoki cheklamasligi zarurligini qayd etgan.

Putin shuningdek, Rossiya rus tili va madaniyati tashuvchilari oqimiga uch karra muhtojligini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0