O‘zbekistonda yangi tez yordam mashinalari paydo bo‘ladi

© Stas EtveshSkoraya pomosh, arxivnoe foto
Skoraya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ushbu avtomobillar yuqori o‘tuvchanlikka, ishonchliligi va tejamkorligi bilan ajralib turadi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ISUZU D-Max negizidagi yangi tez tibbiy yordam avtomobillari ishlab chiqariladi. Bu haqda SamAvto matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Ushbu avtomobil mazkur muhim faoliyat uchun ayni muddao, yuqori o‘tuvchanlikka, manyovrlikka ega hamda ishonchliligi va tejamkorligi bilan ajralib turadi”, - deyilgan xabarda.

Mazkur avtomobil tibbiyotning aynan zarur bo‘lgan yo‘nalishiga qarab, talab va ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0