TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiya xorijiy davlatlarga 600 donadan ziyod sun’iy nafas oldirish (SNO) apparatini yetkazib berdi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma’lum qildi.
“600 donadan ziyod sun’iy nafas oldirish (SNO) apparatlari allaqachon O‘zbekiston, Serbiya, Italiya va Belarusga yuklab jo‘natilgan”, - dedi Manturov Federatsiya kengashidagi hukumat soati davomida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shuningdek, u AQShga haroratni o‘lchaydigan terminal sotish bo‘yicha shartnoma imzolanganini ma’lum qilgan.