Koreya Eksimbanki O‘zbekistondagi qator loyihalarni moliyalashtirmoqchi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaV Seule sostoyalas vstrecha zamestitelya premyer-ministra ¬– ministra investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardora Umurzakova s predsedatelem Eksimbanka Korei Bang Mun-kyu.
V Seule sostoyalas vstrecha zamestitelya premyer-ministra ¬– ministra investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardora Umurzakova s predsedatelem Eksimbanka Korei Bang Mun-kyu. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreya Eksimbanki qoshidagi EDCF jamg‘armasi bilan birgalikda 2021-2023 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish hamkorligi to‘g‘risidagi Bitimni ishlab chiqishni boshlashlariga va imtiyozli moliyalashtirish dasturini 500 milliondan 1 mlrd dollargacha oshirishga kelishib olindi.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Seul shahrida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Koreya Eksimbanki raisi Bang Mun-kyu bilan uchrashdi.

Asosli va konstruktiv muloqot davomida keng doiradagi masala va takliflar qamrab olindi. Tomonlar 2019-yilda Bank tomonidan ma’qullangan bir qator loyihalar uchun qarz shartnomalarini imzolashni tezlashtirishga kelishib oldilar.

Vedushiy nauchniy sotrudnik Sentra Koreyskix issledovaniy Instituta Dalnego Vostoka RAN Yevgeniy Kim      - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘zaro savdoni 5 milliard $gacha yetkazishi mumkinmi - ekspert

Bundan tashqari, “Toshkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri, kattalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, saraton klinikasi, tibbiy yo‘nalishidagi OTM va kimoviy texnologiyalar markazini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash uchun texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, maslahatchilar va pudratchilarni tanlash jarayonini tezlashtirishga kelishildi.

Shuningdek, Koreya tomoni O‘zbekiston bilan moliyaviy-texnik hamkorligini yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Koreya Eksimbanki qoshidagi EDCF jamg‘armasi bilan birgalikda 2021-2023 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish hamkorligi to‘g‘risidagi Bitimni ishlab chiqishni boshlashlariga va imtiyozli moliyalashtirish dasturini 500 milliondan 1 mlrd dollargacha oshirishga kelishib olindi.

“Koreyaning Eksimbankini O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalarini shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni moliyalashtirishga jalb etishning ijobiy istiqbollari bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishildi. Koreya tomoni taqdim etilgan loyihaviy takliflarni o‘rganib chiqadigan bo‘ldi”, - deyilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.

Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shma jamg‘arma tashkil etishni muhokama qilib, uning konsepsiyasini yaqin kelajakda ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Shuningdek, Bank rahbariyati har ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirish uchun qo‘shimcha kredit liniyalari ajratish orqali O‘zbekiston tijorat banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini ko‘rib chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0