O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘zaro savdoni 5 milliard $gacha yetkazishi mumkinmi - ekspert

© foto iz lichnogo arxiva avtoraVedushiy nauchniy sotrudnik Sentra Koreyskix issledovaniy Instituta Dalnego Vostoka RAN Yevgeniy Kim
Vedushiy nauchniy sotrudnik Sentra Koreyskix issledovaniy Instituta Dalnego Vostoka RAN Yevgeniy Kim      - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq instituti Koreys tadqiqotlari markazining yetakchi ilmiy xodimi Yevgeniy Kim ikki respublikaning o‘zaro tashqi savdosini amalga oshirishga nima to‘sqinlik qilishi mumkinligi yuzasidan o‘z fikrlarini aytdi.

6 iyul kuni Seulda O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Janubiy Koreya savdo, sanoat va energetika departamenti rahbari Song Yun Mo muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida, 2019-yil oxirida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmi 27 foizga o‘sib, 2,7 milliard dollarni tashkil etgani qayd etildi - bu so‘nggi besh yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Tomonlar 2023-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud, deb hisoblashmoqda.

Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 5 mln $ ajratadi

Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq instituti Koreys tadqiqotlari markazining katta ilmiy xodimi Yevgeniy Kimning ta’kidlashicha, besh milliard dollar - Janubiy Koreyaning tashqi savdo aylanmasining 0,35 foizini tashkil etadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo hajmini ushbu ko‘rsatkichga yetkazish rejalari, ayniqsa Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish yillari davomida 3 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritganini hisobga olsak, juda yaxshi.

Biroq, ekspertning fikriga ko‘ra, hamma narsa pandemiyadan keyin ikki mamlakat iqtisodiyoti qanchalik tez tiklanishiga bog‘liq bo‘ladi.

"Masalan, Janubiy Koreya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanishi muhim. Bu yil koronavirusdan oldin bo‘lgan savdo hajmini tiklay olmasliklari ehtimolidan xoli emas. Bu ba’zi bir, O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yetkazib bera oladigan mahsulotlarga talabning pasayishiga olib kelishi mumkin, chunki O‘zbekiston yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlarini yetkazib beruvchisi emas, balki xom ashyoni yetkazib beradi. Janubiy Koreyadan eksport hajmi kamaysa, xom ashyoga bo‘lgan talab ham pasayadi", - dedi Yevgeniy Kim.

Ekspertning to‘liq izohini Sputnik podkastida tinglashingiz mumkin.

Smogut li Uzbekistan i Yujnaya Koreya dovesti obyem torgovli do $5 mlrd — mnenie eksperta
Yangiliklar lentasi
0