Qozog‘iston chegarasida to‘planib qolgan o‘zbekistonliklar borasida kelishuvga erishildi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishKontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana
Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kelmoqchi bo‘lgan 800 nafar atrofida fuqarolar chegarada to‘plangani, ularni chegaradan o‘tkazmayotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Qozog‘iston chegarasida to‘planganlarning O‘zbekistonga o‘tishiga ruxsat beriladi.

Qayd etilishicha, Rossiya va Qozog‘iston bilan olib borilgan muzokaralar natijasida chegarada to‘plangan o‘zbekistonliklarni istisno tariqasida avtobuslarda O‘zbekistonga olib kelishga ruxsat beriladi.

Fuqarolarning shaxsiy avtomobillari Samara viloyatida tashkil etilgan maxsus avtoturagohda qoldiriladi.

Ochered avtomobiley na granitse s Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Samaradagi observatsiya lageridan birinchi video

Chegara yopiq va hozir fuqarolar faqat bir marta istisno tariqasida olib o‘tiladi. Shuning uchun Rossiyadagi boshqa haydovchilar ham kelaversa, ular chegaradan o‘tkazilmaydi.

O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan boshqa fuqarolardan doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylariga qaytib turishlari, tashkil qilingan charter reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tib, navbati kelganda O‘zbekistonga kirib kelishlari so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari shaxsiy avtomobillarda va avtobuslarda, chegaralar ochilishi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga asosan, Samara viloyati, Bolshechnerigovskiy tumanidagi Qozog‘iston bilan chegara hududiga borgani va "Mashtakovo" hamda "Sagarchinsk" chegara-nazorat punktlari yonida to‘planib qolishgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0