Oligarx Gazanfar o‘limi O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlariga qanday ta’sir qiladi

© SputnikRossiyskiy politolog Aleksey Malashenko
Rossiyskiy politolog Aleksey Malashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik sharqshunos, siyosatshunos, tarix fanlari doktori, professor Aleksey Malashenko afg‘onistonlik oligarx Yusuf Gazanfar o‘limining ehtimoliy oqibatlari haqida fikr bildirdi

Shu kunlarda dunyo OAVlarida Afg‘oniston prezidentining bosh maslahatchisi va yirik afg‘on biznesmeni Muhammad Yusuf Gazanfar koronavirus tufayli vafot etgani haqida xabar berildi.

Ajdar Kurtov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonning Markaziy Osiyo bilan yaqinlashuvi ehtimoli kam - Kurtov

Ushbu fakt qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi, Afg‘onistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekiston bilan munosabatlari qanday rivojlanadi degan savolga rossiyalik sharqshunos, siyosatshunos, tarixiy fanlar doktori, professor Aleksey Malashenko javob berdi.

"Ushbu voqea (Gazanfar o‘limi - tahr.) qobul elitasidagi ahvolga qandaydir ta’sir o‘tkaza olishi mumkin, deb o‘ylamayman. Gazanfar - bu G‘anini u yoki bu tarzda moliyalashtirib kelgan odam. Kimdir bu raqamlarni 90%ga teng, deya keltiradi. Bu 90% deb bilmasamda, ammo u G‘anini moliyalashtirgani - bu shubhasiz", - dedi ekspert Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusi davomida.

Malashenkoning fikricha, Gazanfar o‘limi Afg‘onistondagi holatga global ma’noda ta’sir o‘tkaza olmaydi.

"Bularning barchasi Afg‘oniston jamiyatining turli qatlamlari vakillari me’dasiga tegdi. Anavi toliblar, ularga qadar modjaxedlar, bu yoqda ikkita nomzod o‘rtasidagi kurash va hokazo. Bugungi kunda afg‘on jamiyatining kattagina qismi tinchlik tarafdori. Jarayon kechmoqda, ular baribir qandaydir bitimga kelishadi", - deya ishonch bildiradi professor.

Zaklyuchennie talibi vo vremya ix osvobojdeniya iz turmi Bagram, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda birdaniga 900 nafar "Tolibon" a’zolari ozod qilindi

Shu bilan birga, deya ta’kidlaydi spiker, Gazanfar o‘limidan keyin O‘zbekiston va afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishini kuzatish juda qiziq kechadi.

"Munosabatlar yomonlashadi, deb o‘ylamayman, ammo har holda Gazanfar Toshkentda ajoyib pozitsiyalarga ega edi, uni bilishardi va hurmat qilishardi. Gazanfar - O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha ko‘prikni yaratuvchi inson edi. Bu ko‘prik juda kerak", - deya tushuntiradi sharqshunos.

Malashenko shuningdek, Gazanfar o‘ta noyob figura bo‘lganligini u hamisha turfa harakatlar qilganiga, ammo Afg‘onistonda imkon qadar tinchlikparvarlik pozitsiyasini ilgari surganini qo‘shimcha qildi.

Malashenko: Gazanfar sozdaval dopolnitelniy most mejdu Afganistanom i Uzbekistanom
Yangiliklar lentasi
0