TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus rasman yo‘q, deya qayd etilgan Turkmanistonda COVID-19 muammosi ustida ish boshladi. Bu haqda mamlakatning "Neytral Turkmaniston" hukumat gazetasi xabar berdi, deb yozadi RIA Novosti.
Mutaxassislar mamlakatga "Turkman avialiniyalari" charteri orqali yetib kelishgan. Missiyaning asosiy maqsadi mamlakatga kirib kelishi mumkin bo‘lgan virusga qarshi tayyorgarlik ishlarini olib borish, deb yozgan gazeta.
Eslatib o‘tamiz, BMTning Turkmanistondagi vakolatxonasi rahbari Yelena Panova sal oldin Turkmanistonda koronavirus yo‘qligining ehtimoliy sabablaridan biri sifatida, mamlakat hukumati o‘z vaqtida safarlarga cheklov joriy etib, o‘z chegaralarini erta yopganligini ko‘rsatgan edi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, yangi turdagi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishini 11-mart kuni pandemiya, deb e’lon qilgan edi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 11,3 million nafarni tashkil etmoqda, 532 mingdan ziyod odam virus qurboniga aylangan.