Turkmanistonda nega koronavirus yo‘q - BMT versiyasi

Obuna bo‘lish
Turkmanistonda shu paytga qadar bironta koronavirus infeksiyasiga chalinganlik holati qayd etilmagan, BSST guruhi esa mamlakatga iyul oyi boshida tashrif buyuradi

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Koronavirus infeksiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida faqatgina Turkmanistonda qayd etilmagan. Bu nima bilan bog‘liqligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti xabarlar xizmatida qayd etilgan.

Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
BSST Tojikiston va Turkmanistonni COVID-19 yo‘qligiga tekshiradi

BMTning Turkmanistondagi vakolatxonasi rahbari Yelena Panovaning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumatidan olinadigan ma’lumotlarga muvofiq, ayni vaqtga qadar COVID-19ga chalinganlik holatlari haqida xabar qilinmagan.

"Ehtimol, sabablardan biri, Turkmaniston hukumati o‘z vaqtida safarlarga cheklovlarni joriy etib, o‘z chegaralarini erta yopganligidadir", - dedi Panova.

Bundan tashqari, Turkmanistonda aholi unchalik zich joylashmagan, bir kvadrat kilometrga 13 kishi va aholi jihatdan zich shaharlar ham yo‘q.

Panovaning ta’kidlashicha, shu bilan birga BMTda Turkmanistonda hozirlab qo‘yilgan diagnostik komplektlar soni haqida ham rasmiy ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi. Bunday komplektlar yetarli miqdorda xarid qilingan, deya ishontirayotgan hukumat so‘zlariga tayanishga to‘g‘ri kelmoqda.

V stolitse Turkmenistana otkrili monument velosipedu - Sputnik O‘zbekiston
Berdimuhamedov Ashxobodda Velosiped monumentini ochdi

"Bizga ma’lum bo‘lishicha, hukumat karantinga tushgan yoki COVID-19 belgilariga o‘xshagan alomatlar namoyon bo‘layotgan odamlarni testdan o‘tkazmoqda", - deb qo‘shimcha qildi ayol.

Bundan tashqari, qayd etilishicha, BSST guruhi Turkmanistonga tekshiruv uchun iyul oyi boshida keladi. Guruh hukumat bilan birga ish olib boradi va tibbiy muassasalar hamda turli darajadagi tashkilotlarda bo‘ladi.

Yelena Panovaning aytishicha, Turkmanistonda oddiy hayot davom etmoqda, hech qayer yopilmagan.

"Hech kim niqob taqqani yo‘q, chunki hukumat bunga ko‘rsatma bermagan, faqatgina kasalxonalardagi tibbiyot xodimlarining barchasi niqobda. Biz BMTda ijtimoiy masofa saqlanishini talab qilmoqdamiz", - deya xotima qildi Turkmanistondagi BMT vakolatxonasi rahbari.

Yangiliklar lentasi
0