Erdo‘g‘on Ayo Sofiya majmuasini masjidga aylantirmoqchi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishStambul, Tursiya
Stambul, Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan avval Erdo‘g‘on dunyo madaniy merosi yodgorligi sifatida e’tirof etilgan majmuani musulmonlar masjidiga aylantirish xavfli deb hisoblagandi.

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbuldagi Ayo Sofiya majmuasini yana jome’ masjidiga aylantirishni istamoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil memorial “Vaxat al-Karama” - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev dunyodagi eng katta masjidlardan biriga tashrif buyurdi

“Ayo Sofiya muzeyi masjid maqomiga o‘zgartirilishi mumkin. Masjidga turli din vakillarining bepul kirishi mumkin bo‘ladi”, - deb ta’kidladi Turkiya prezidenti TGRT telekanali efiri chog‘ida.

Ayo Sofiya ibodatxonasi ming yildan beri xristianlar olamidagi eng katta cherkov hisoblangan.

Konstantinopol bosib olingani va Vizantiya imperiyasi qulaganidan so‘ng bu ibodatxona masjidga aylantirilgan. 1934-yilda esa Turkiya davlatining asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning topshirig‘iga asoan bu bino muzeyga aylantirilgan.

1985 yilda mashhur ibodatxona YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Erdo‘g‘onning qaroriga asosan mazkur majmuada Ramazon oyida har kuni Qur’on tilovat qilish yo‘lga qo‘yilgan.  

Yangiliklar lentasi
0