Jamiyat

Tun davomida 121 kishida koronavirus tasdiqlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVo vsex istoricheskix obʼyektax Samarkanda ustanovlenы dezinfitsiruyuщiye tuneli.
Vo vsex istoricheskix obʼyektax Samarkanda ustanovlenы dezinfitsiruyuщiye tuneli. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda aholi orasida koronavirus aniqlanishda davom etmoqda. Tun davomida yana uch poytaxtlik koronavirus bilan kasallangani maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari 121 taga koʻpaydi.

“2020 yil 5 iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 9829 (+121) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Illyustrirovannoye izobrajeniye virusa COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Sirli yordamchilar. Aholining yarmini koronavirusdan nima himoya qilmoqda

Yangi kasallanganlarning 106 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 6425 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3373 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 15 nafari ogʻir, 10 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0