Sirli yordamchilar. Aholining yarmini koronavirusdan nima himoya qilmoqda

CC0 / Pixabay / PIRO4D / Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19
Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
COVID-19dan davolanganlarning qonidagi koronavirusga qarshi antitanachalar qayta infeksiyalanishdan himoya qiladi deb ishoniladi.

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik, Alfiya Yenikeyeva. COVID-19dan davolanganlarning qonidagi koronavirusga qarshi antitanachalar qayta infeksiyalanishdan himoya qiladi deb ishoniladi. Ba’zi mutaxassislar hatto kasallanib davolanganlarga dunyo bo‘ylab erkin harakatlanishiga imkon beradigan maxsus “immun pasportlari” berilishini taklif qilmoqdalar. Ammo, olimlar aniqlashicha, tanasi xavfli patogen bilan busiz ham kurasha oladigan odamlar bor.

Vaksinatsiya protiv gepatita  - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi vaksina sinovidan o‘tayotgan ishtirokchilar ahvoli haqida xabar berdi

Tayyorlangan immunitet

Mart oyi boshida biorxiv.org saytida niderlandiyalik tadqiqotchilarning, hatto hech qachon COVID-19 bilan kasal bo‘lmagan odamlar ham uning qo‘zg‘atuvchisiga qarshi immunitetga ega bo‘lishi mumkinligi haqida maqola joylashtirildi. Bir oy o‘tgach, bu tadqiqotni dunyodagi eng taniqli ilmiy jurnallardan biri - Nature nashr etdi.

Biologlar atipik pnevmoniya deb atalmish og‘ir o‘tkir respirator sindrom epidemiyasi paytida olingan 47D11 inson monoklonal antitanachalarini sinab ko‘rishdi. Uni qo‘zg‘atuvchi SARS-CoV hozirgi patogenga o‘xshaydi.

Infeksiyalangan hujayralarga kiritilgan antitanachalar virus zarralarini muvaffaqiyatli neytrallashtirdi. Ish mualliflari ushbu antitanachalar sog‘lom odamlarni infeksiyalanishdan himoya qilishlari va bemorlarga virusdan xalos bo‘lishlari mumkinligini tahmin qilishdi.

Taxminan bir vaqtning o‘zida, shunga o‘xshash antitanachani Shveysariyalik virusolog Dora Pint boshchiligidagi xalqaro olimlar jamoasi aniqladi. 2003-yilda atipik pnevmoniya bilan og‘rigan bemorning qonida ular 25 ta antitanachani aniqladilar, ammo ulardan faqat bittasi yangi koronavirusni zararsizlantirdi. U virusli zarracha yuzasida har ikkala qo‘zg‘atuvchiga ham xos bo‘lgan S-oqsilning bir qismini taniy oladi, unga bog‘lanib, SARS-CoV-2ni hujayraga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Hujayralarning yodda tutish qobiliyati

Aprel oyida nemis tadqiqotchilari ba’zida koronavirusdan antitanachalar emas - bu gumoral immunitet deb ataladi, balki T-limfotsitlar - hujayrali immunitet himoya qiladi. Mohiyat shundaki, makrofag-hujayralari patogenni yeb tashlaydi, uning oqsillari parchalarini esa o‘zining membranasiga joylashtiradi. Ularni esa, o‘z navbatida, T-hujayralari maxsus retseptorlar yordamida farqlab oladi, bu retseptorlar antitanachalar singari immunoglobulinlarga tegishli bo‘lib, antigenlarga o‘ziga hos tarzda bog‘lanib oladi. Aynan shu immunitetni javob berishiga yordam beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi T-hujayralar allaqachon SARS-CoV-2ga to‘g‘ri javob bera olishadi. Shuning uchun bunday odamlar COVID-19ni osonroq boshdan kechiradilar yoki umuman alomatlarsiz og‘riydilar.

Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9200 taga yaqinlashdi

Olimlar qonni COVID-19 bilan kasallangan va sog‘lom, infeksiyalangan odamlar bilan aloqada bo‘lmagan va SARS-CoV-2ga antitanachalari bo‘lmagan bemorlardan olishdi. Limfotsitlar ajratilib, keyinchalik koronavirusning S-oqsilining turli qismlariga mos keladigan molekulalar bilan ta’sir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, sog‘lom ko‘ngillilarning deyarli 30 foizida xavfli patogen oqsiliga javob beradigan T-hujayralar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, ular ko‘pincha boshqa koronaviruslarning S-oqsil qismlariga o‘xshash parchalarni aniqladilar - masalan, odatdagi HCoV-229E shamollashini. Shuningdek, ularning qonida ushbu turdagi viruslarga qarshi antitanachalar ham aniqlangan.

Bundan tashqari, SARS-CoV-2ga javob beradigan T-hujayralari COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning ko‘pchiligida aniqlangan. Ularga ega bo‘lmaganlar, odatda kasallikni og‘irroq kechirgan.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, ular olgan ma’lumotlar SARS-CoV-2ga qarshi ehtimoliy kross-reaktiv hujayrali immunitet imkoniyatini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, ilgari mavsumiy koronaviruslarni boshdan kechirgan odamlar (odatiy O‘RVIning 20 foizini aynan ular qo‘zg‘atadi deb ishoniladi) allaqachon COVID-19 ga qarshi immunitetga ega.

Brigada skoroy meditsinskoy pomoshi vozle bolnisi dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
SSV COVID-19ga chalingan bemor jasadi shifoxonada nega 15 soat qolganiga izoh berdi

Bu bilan, ayniqsa, bolalar va yoshlar ushbu kasallikni osonroq boshdan kechirishini tushuntirsa bo‘ladi. Ular ko‘prok gavjum joylarga (xuddi shu bolalar bog‘chalari, maktablar va universitetlar) tez-tez tashrif buyurishadi, bunda esa ularga oddiy koronavirus shamollashi ilashishi ehtimoli ko‘proq, va bu o‘z navbatida kross-reaktiv immunitetni ta’minlaydi.

Davolanib chiqdi, demak himoyalangan

Bir oydan keyin nemis olimlarining taxminlari amerikalik hamkasblari ham tasdiqladi, ular bemorlardan 2015-yildan 2018-yilgacha olingan qon namunalarini o‘rganishdi - ya’ni ular COVID-19 haqida bilmaganlarida. Deyarli barcha biologik materiallarda ular SARS-CoV-2 infeksiyasida paydo bo‘ladigan spetsifik hujayrali immunitetning belgilarini topdilar.

Gap ikki xil immunitet hujayralari - T-qotillar (CD8 hujayralar) va T-yordamchilar (CD4 hujayralari) haqida ketmoqda. Birinchilari viruslarni yuqtirgan hujayralarni aniqlaydi va ularni yo‘q qiladi - ba’zan mustaqil ravishda, ba’zida hamkasblarini yordamga jalb qilib. Ikkinchilari T-qotillar sonini ko‘paytiradi va ma’lum bir patogenga nisbatan javobini kuchaytiradi.

Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 2-iyul asosiy xabarlari

Uch-besh yil oldin olingan namunalarning taxminan yarmida olimlar hozirda COVID-19 bilan kasallanib chiqqan odamlarga xos bo‘lgan CD4 hujayralarini aniqladilar. Bundan tashqari, ularning 20 foizida shuningdek CD8 hujayralari aniqlandi, yangi koronavirus bilan og‘rib chiqqan bemorlarda esa CD8 hujayralari 70 foizida topilgan. Demak, Yerning sog‘lom aholisining deyarli yarmi yangi kasallikka qarshi immunitetga ega bo‘lishi mumkin, deb yozadi tadqiqot mualliflari.

2015-2018 yillarda olingan qon namunalarini qo‘shimcha o‘rganish, insonning eng taniqli ikkita koronavirus - HcoV-OC43 va HcoV-NL63ga qarshi antitanachalarni mavjudligini ko‘rsatdi. Boshqacha qilib aytganda, ilgari boshqa koronavirus infeksiyalari kasallangan va davolangan odamlar SARS-CoV-2 ga qarshi immunitetga ega bo‘lishdi. Ehtimol shu bilan COVID-19ni alomatlarsiz kechishini tushuntirsa bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0