Koronavirus bilan kasallangan yana bir toshkentlik vafot etdi

© Sputnik / Tatyana Makeyeva / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik podklyuchayet patsiyenta k apparatu IVL v statsionare dlya bolnix s koronavirusnoy infeksiyey na baze Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnisi.
Meditsinskiy rabotnik podklyuchayet patsiyenta k apparatu IVL v statsionare dlya bolnix s koronavirusnoy infeksiyey na baze Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnisi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirusning 32-qurboni qayd etildi. Bugun kasallangan Shayxontohur tumanida yashovchi 71 yoshli M.G. vafot etdi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusdan 32-o‘lim qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi, 71 yoshli onaxon M.G. joriy yil 30-iyun kuni koronavirus aniqlanganligi sababli Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Vo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli. - Sputnik O‘zbekiston
Tun davomida 121 kishida koronavirus tasdiqlandi

Unga “yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi” tashxisi qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10-yil davomida yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. So‘nggi bir oy ichida esa rejali gemodializ muolajalarini olishni boshlagan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0